"Yaralangan qush". Havaskorlarga mag'lub bo'lgan "Ayaks" muxlislarga pullarini qaytarib beradi

Mirjalol Normatov
24 dek 2023
21 dekabr oqshomida "Ayaks" mamlakat kubogi 2-raundida havaskorlar jamoasiga mag'lub bo'ldi.

"Yaralangan qush" misoli hamon parvoz qilayotgan "Ayaks" mavsumni yaxshi boshlay olmagandi. Erediviziyadagi dastlabki 6 o'yinning 5tasida mag'lub bo'lgan amsterdamliklar so'nggi o'ringacha tushib ketgandi. Biroq keyinchalik o'ziga kelgan ketma-ket 5 g'alabaga erishib, turnir jadvalida 5-o'ringacha ko'tarilib olgandi.

Biroq "Ayaks" Niderlandiya Kubogi 2-bosqichida mamlakatning uchinchi divizioni vakili, havaskorlardan tashkil topgan "Xerkules" jamoasiga mag'lub bo'ldi. Klub  ushbu uchrashuvda jamoani qo'llab-quvvatlash uchun borgan barcha muxlislarning yo'l harajatlari pullarini qaytarib berishini ma'lum qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia