"Liverpul"ga qarshi bahsda "Tottenxem"ning ikki muhim futbolchisi maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
13 sen 2018, 17:12
15 sentyabr kuni "Uembli" stadionida "Tottenxem" hamda "Liverpul" o'rtasida Angliya Premer-ligasining 5-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Shporlar" rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko'ra, London jamoasining ikki muhim futbolchisi Ugo Loris va Dele Alli "qizillar"ga qarshi o'ynamaydi. Dele Alli Angliya terma jamoasi safida jarohat oldi, Loris esa "Tottenxem" mashg'ulotida shikastlangan.

"Tottenxem" APL turnir jadvalida 9 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com