"Liverpul" va "Yuventus" "Chelsi" futbolchisini nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2022, 13:30
Xavbek Yevropaning boshqa top-klublarining radarida.

"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt hali klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmadi. Amaldagi kelishuv 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

"The Guardian" xabariga ko'ra, "Liverpul" va "Yuventus" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Mauntning "Chelsi"ni tark etish qarori aniq bo'lgach, ikki klub ham kurashni boshlashga tayyor.

Maunt – "Chelsi" tarbiyalanuvchisi va 2019 yildan beri asosiy jamoada o'ynamoqda.

23 yoshli xavbek joriy mavsum londonliklar safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian