"Liverpul" Minaminoni sotib yubordi

Mirjalol Normatov
25 iyun 2022, 23:08
Yarim himoyachi Takumi Minamino yaqin vaqtlar ichida "Liverpul"dan ketadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, "Monako" yaponiyalik futbolchini 15+3 million evro evaziga sotib oladi. Monegasklar bosh murabbiyi Filipp Kleman bu ma'lumotni tasdiqladi: "Ushbu transfyerdan mamnunman. Uni anchadan buyon bilaman. Takumi bizning maqsadimiz bo'lib turgandi. U jamoaga yordam bera oladi".

Minamigo 2020 yil yanvaridan buyon "Liverpul" tarkibida o'ynayotgandi. U mersisaydliklar tarkibida 55 o'yinda qatnashib, 14 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano