"Liverpul" Koutinoni ortga qaytarishga tayyor

24 iyun 2020, 00:54
Daily Mirror xabariga ko'ra, Mersisaydning "Liverpul" klubi Filippe Koutinoni ortga qaytarish variantini ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, "qizillar" xavbekni 2018 yilda "Barselona"ga 146 mln funt evaziga sotib yuborgandi. Shundan keyin omadsizlikka uchragan Koutinoning narxi sezilarli ravishda pasaydi. Kataloniya klubi ijara asosida "Bavariya" sharafini himoya qilayotgan futbolchini 63 mln funtga qo'yib yuborishga tayyorlar.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mirror