"Liverpul" himoyachisi A Seriya klubiga o'tishi mumkin

Alisher
31 iyul 2019, 15:05
"Roma" "Liverpul" himoyachisi Deyan Lovrenga qiziqmoqda.

30 yoshli xorvatiyalik futbolchining transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda.

Qayd etish kerakki, Lovren "Roma"ning zaxira rejasi hisoblanadi. Rimliklar agar "Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyreldni transfer qila olmasa, Xorvatiya terma jamoasi futbolchisiga bor e'tiborni qaratadi.

Rimliklar bundan tashqari belgiyalik futbolchi uchun "shporlar" so'rayotgan 40 million evroni berishga tayyor emaslar.

Lovren yakunlangan mavsum Angliya chempionatida 13ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le Gazzetta dello Sport