Liga 1. “Lion” so'nggi daqiqalarda gol urib, “Renn”ni mag'lub etdi

30 mar 2019, 07:55
Liga 1 30-turi doirasida bitta o'yin bo'lib o'tdi.

Unda “Renn” jamoasi o'z maydonida “Lion”ni qabul qildi. Uchrashuvdagi yagona gol “sherlar” tomonidan 86-daqiqada kiritildi. Unga Tere mualliflik qildi. Natijada “Lion” safardan uch ochko bilan qaytadigan bo'ldi.

Renn – Lion 0:1

Gol: 0:1 – 86 Tere.

Renn – Koubek, Zeffan, Nyamsi, Mesher, Dumbiya, Sarr, Andre, Lea Siliki (Jelen, 35), Nyang (Del Kastiyo, 77), Ben-Arfa, Yunu.

Lion – Antoni Lopesh, Dyubua, Marselo, Denayer, Rafael, Tuzar, Ndombele, Auar, Fekir, Dembele (Tere, 74), Depay (Traore, 84).

Ogohlantirishlar: Yunu (45), Marselo (77), Zeffan (82), Auar (83), Ndombele (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia