"Lids" top-klublar qiziqishlariga sabab bo'layotgan yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytiradi

Alisher
12 okt 2021, 09:18
"Lids" yarim himoyachisi Kelvin Fillips tez orada klub bilan shartnomani uzaytiradi.

Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakunlanish arafasida. 25 yoshli o'yinchi yaxshilangan shartlar evaziga yangi bitimga qo'l qo'yishi kerak. Amaldagi kelishuv 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq xabar berilganidek, Fillipsning xizmatlariga Angliyaning top-klublari, jumladan MYU va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.

Fillips joriy mavsum APL doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph