Lemar mushak jarohati oldi

Alisher
17 sen 2021, 08:38
"Atletiko" CHL guruh bosqich dastlabki tur doirasida "Portu" (0:0) bilan durang o'ynadi.

Ilk taym yakuniga yaqin Diego Simeone noqulaylik sezayotgan Toma Lemarni almashtirishiga to'g'ri keldi. "Matraschilar" matbuot xizmati francuzning tekshiruvi haqida ma'lumot berdi.

Lemarda katta bo'lmagan mushak jarohati bor. Futbolchining tiklanish muddati haqida ma'lum berilmayapti.

Toma 2021/22 yilgi mavsum "Atletiko" safida 5ta o'yin o'tkazdi. Francuz bu o'yinlarda 1ta gol va 1ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com