LaLigaga qur'a tashlandi. "El-klassiko" bahslari qachon bo'lib o'tadi?

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2017, 16:33
Bugun Ispaniya chempionatining 2017/18 mavsumi taqvimini aniqlash uchun qur'a tashlandi.

Unda "Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi ikki "El-Klassiko" sanasi ham ma'lum bo'ldi.

Birinchi "klassiko" Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi. Muxlislar ushbu o'yinni 20 dekabr kuni tomosha qilishlari mumkin.

"Kamp Nou"da bo'lib o'tadigan ikkinchi bahs esa 2018 yilning 6 may kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia