LaLiga. Ikkita qizil, amalga oshirilmagan penalti, "Atletiko" mavsumni g'alaba bilan boshladi

Eldor Akmurzayev
19 avg 2019, 02:55
Ispaniya chempionati ilk turidan o'rin olgan Atletiko hamda Xetafe uchrashuvi yakunlandi.

Bahsda maydon egalari Alvaro Morataning yagona goli evaziga zafar quchishdi. Shuningdek, Moratada penalti tepish imkoniyatiga ham ega bo'ldi, lekin, u qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

Aytish joizki, ikkala jamoa ham o'yinni 10 kishi bo'lib yakunladi. Avvaliga, 38 daqiqada mehmonlar forvardi Xorxe Molina raqibga qo'pollik ishlatgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Biroz o'tib, Renan Lodi bir daqiqa ichida 2ta sariq olib, o'yindan chetlatildi.

Atletiko – Xetafe 1:0 (1:0, 0:0)

Vanda Metropolitano

Gol: 1:0 – 23 Morata.

Atletiko – Oblak, Ximenes, Lodi, Savich, Tripper, Lemar (Vitolo, 73), Koke, Saul, Tomas (Ermoso, 62), Joau Feliks (Lorente, 66), Morata.

Xetafe – Soriya, Nom, Suares (Anxel Rodriges, 64), Kabrera (Raul Garsiya, 46), Kukurelya, Arambarri, Fajr, Bruno Gonsales, Djene, Molina, Mata (Galego, 80).

Ogohlantirishlar: Kabrera (17), Lodi (41), Fajr (49), Nom (77), Saul (81), Anxel Rodriges (90).

Chetlatishlar: Molina (38), Lodi (42).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia