

Uchrashuvda Lionel Messi “dubl” qayd etgan bo'lsa (ikkala golini ham Leo jarima zarbasidan kiritdi), Suares va Dembele ham o'z hisobiga bittadan gol yozib qo'yishdi.
“Barselona”ning La ligada mag'lubiyatsiz o'yinlari uchta bellashuvga etgan bo'lsa, “Espanol” qatorasiga to'rtinchi mag'lubiyatni qarshi oldi.
Ispaniya chempionatida 31 ochko to'plagan “Barsa” peshqadamlik qilmoqda. “Espanol” 21 ochko bilan 9-pog'onada bormoqda.
Ispaniya chempionati, 15-tur.
Espanol – Barselona 0:4 (0:3, 0:1)
Gollar: 0:1 – 17 Messi, 0:2 – 26 Dembele, 0:3 – 45 Suares, 0:4 – 65 Messi.
Espanol – Lopes, Lopes, David Lopes, Duarte, Vila, Peres (Baptistao, 59), Darder (Granero, 74), Mark Roka, Sanches, Melendo (Garsiya, 63), Iglesias.
Barselona – ter Stegen, Nelson Semedu, Pike, Langle, Alba, Rakitich (Denis Suares, 82), Buskets, Vidal, Messi, Suares (Munir, 79), Dembele (Koutino, 68).
Ogohlantirish: Vila (79).



