La Liga. Kosta “Atletiko”ni mag'lubiyatdan qutqardi, u golini Virjiniyaga bag'ishladi

Eldor Akmurzayev
14 iyun 2020, 19:15
Ispaniya chempionati 28-turi doirasida “Atletik” uyda “Atletiko” bilan to'qnash keldi.

Bahsda hisob 37-daqiqada Iker Muniain tomonidan ochildi. Mazkur goldan biroz o'tib esa “matraschilar” forvardi Diego Kosta Kokening uzatmasidan keyin oradagi farqni tikladi va bahs durang natija bilan yakunladi. Aytish joizki, Kosta o'z golini "Atletiko"ning ayollar jamoasi futbolchisi Virjinya Torresilyaga bag'ishladi. U may oyida miyasidagi saratonni oldirgan edi.

Atletik – Atletiko 1:1 (1:1, 0:0)

San Mames

Gollar: 1:0 – 37 Muniain, 1:1 – 39 Diego Kosta.

Atletik – Unai Simon, Yeray Alvares, Berchiche (Nunes, 83), Martines, Kapa, Unai Lopes (Vesga, 63), Dani Garsiya, Kordoba (Sanset, 63), Raul Garsiya, Muniain (De Markos, 83), Uilyams (Kodro, 90).

Atletiko – Oblak, Ximenes, Lodi, Tripper (Aryas, 63), Savich, Saul, Lorente (Korrea, 68), Tomas, Ferreyra Karrasko (Lemar, 63), Koke (Errera, 78), Diego Kosta (Morata, 63).

Ogohlantirishlar: Muniain (6), Uilyams (45), Martines (84).

Uchrashuv oldidan ikkala jamoa futbolchilari koronavirus tufayli vafot etgan insonlar xotirasini yodga olishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia