Kroos: "Balki Messining PSJga o'tishi "Real"ga foydalidir"

Mirjalol Normatov
18 avg 2021, 23:24
"Real" futbolchisi Toni Kroos hujumchi Leo Messining "Barselona"dan PSJga o'tgani haqida gapirdi.

"Balki, ushbu transfer biz uchun foydalidir. Chunki asosiy raqibimiz muhim futbolchisidan mahrum bo'ldi. Shuningdek, bu transferlar oynasida ham bizning foydamizga ishlashi mumkin", - dedi futbolchi.

Bu orqali Kroos PSJ forvardi Kilian Mbappening "Real"ga o'tishi mumkinligia shama qilgan bo'lishi ham mumkin. Kelasi mavsumda Kilian erkin agentga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal