Krishtianu Ronalduning Chempionlar ligasidagi daxshatli rekordlari

Tolibjon Qosimov
5 apr 2018, 20:59
Madridning "Real" jamoasi YCHL 1/4 final birinchi o'yini doirasida "Yuventus"ni Turinda mag'lub etdi - 3:0.

Ana shu uchrashuvda "qirollik klubi" yetakchisi Krishtianu Ronaldu ikkita gol urdi.

Ronaldu tarix yozishda davom etmoqda. Portugaliyalik Chempionlar ligasida ketma-ket 10ta o'yinda gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.



Krishtianu Ronalduning klub miqyosida xalqaro o'yinlardagi rekordlari:

- Evrokuboklarning eng yaxshi to'purari: 122
Chempionlar ligasining eng yaxshi to'prurari: 119
- Chempionlar ligasining bir mavsumida eng ko'p gol urgan: 17ta (2013-2014)
Chempionlar ligasi finalida eng ko'p g'alaba qozongan - 4 marta (Andres Inesta va Klarens Zeedorf ham YCHL finalida 4 martadan g'olib bo'lgan)
Chempionlar ligasining uchta finalida gol urgan yagona futbolchi
Chempionlar ligasi guruh o'yinlaridagi 6ta o'yinning barchasida to'p kiritgan yagona o'yinchi
- Chempionlar ligasida ketma-ket 10ta o'yinda gol urgan tarixdagi birinchi futbolchi (seriya davom etmoqda).

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com