Konte "Xoffenxaym" himoyachisiga qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
30 mar 2017, 20:29
"Xoffenxaym" himoyachisi Jeremi Tolyan "Chelsi" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Inglizlar nemis himoyachisi ishtirokidagi bir nechta o'yinni kuzatishdi. Uning transferiga bosh murabbiy Antonio Kontening shaxsan o'zi qiziqmoqda.

Bu mavsum Tolyan Bundesligada 14ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va bitta golli pas berdi. Tolyanning amaldagi shartnomasi 2018 yilning o'rtasiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com