Konte "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin

Alisher
7 okt 2021, 14:47
Italiyalik mutaxassis Antonio Konte faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Mutaxassisga "Manchester Yunayted"dagi ish qiziq. U "qizil iblislar"dagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Manchesterliklarning hozirgi ustozi Ole Gunnar Sulsher jamoaning salbiy natijalari sabab iste'foga chiqarilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" o'z uyida o'tgan so'nggi to'rt o'yinda atigi bitta g'alabaga erishdi. Jamoa APLdagi etti turdan so'ng to'rtinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato