Konte Lukaku haqida: “U hali ishlov berilmagan olmos kabidir”

Eldor Akmurzayev
7 yanv 2020, 20:45
“Inter” ustozi Antonio Konte jamoa forvardi Romelu Lukaku haqida iliq fikrlarni bildirdi.

Lukaku joriy mavsum Italiya chempionatining 18 bahsida qatnashib, 14ta gol urdi va bir golga hammualliflik qildi.

“Men uchun doim Lukaku ishlov berilmagan olmos kabi bo'lgan. To'g'ri yondashuv natijasida u yuqori darajadagi futbolchi bo'lishini bilardim. “Chelsi”dayoq u bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgandim ammo nafaqat “Chelsi, “Yuventus”dagi faoliyatimda ham Romelu bilan birga ishlamoqchi edim. Unga “Inter”da murabbiylik qilayotganimdan esa juda ham baxtiyorman”, – deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Italia