Konte: "Biz endi boshladik. Qolganlar bu yo'lga allaqachon tushib olgan"

Mirjalol Normatov
18 sen 2022, 13:54
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasining APL yuqori o'rinlari uchun kurashishi haqida gapirdi.

"Qo'limizdan kelganicha o'ynashimiz kerak. Premer-liga - juda qiyin chempionat. Fikrimcha, biz kurashish yo'liga endi tushib oldik. "Manchester Siti", "Chelsi", "Liverpul" kabi klublar esa allaqachon bu yo'lga tushib olishgan. Ular har mavsumda o'zi qatnashayotgan turnirlar g'olibligi uchun o'ynashyapti. Biz esa hali o'sishda davom etyapmiz.

Qachonki sening har 3 kuning futbol bilan o'tsa, tarkibing yaxshi bo'lishi kerak. Bazida bugun zaxirada o'tirib qolishing va keyingi o'yinlarni to'liq o'tkazishing ham mumkin", - dedi "shporlar" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal