Konte: "Angliyada hech qachon oson o'yinlar bo'lmaydi"

Оқил Абдубарноев
1 may 2022, 23:48
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte APLning 35-turi doirasida "Lester" ustidan qozonilgan g'alaba (3:1) haqida fikr bildirdi.

"Kuchli jamoaga qarshi yaxshi o'yin namoyish etdik. Ushbu to'qnashuv oson bo'lmadi, lekin bilasizki, Angliyada hech qachon oson o'yinlar bo'lmaydi, ayniqsa "Lester"ga qarshi", - dedi Konte.

"Tottenxem" 61 ochko to'plagan holda "Arsenal" bilan Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashmoqda. "Lester" esa 42 ochko bilan APL turnir jadvalining o'rtalarida joylashgan.

Eslatib o'tamiz, chempionat yakunlanishiga to'rtta tur qoldi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: BBC