KONKAKAF-2019 Oltin Kubogi. Kuba uchta turda 17ta gol o'tkazib yubordi

Eldor Akmurzayev
24 iyun 2019, 22:15
AQSH, Yamayka hamda Kosta-Rika yashil maydonlarida KONKAKAF-2019 Oltin Kubogi bo'lib o'tmoqda.

"A" guruhining so'nggi tur uchrashuvlarida Meksika Martinikani 3:2 hisobida taslim qilgan bo'lsa, Kuba bu safar Kanadaga yirik hisobda (0:7) engildi. Mazkur kvartetdan keyingi bosqichga Meksika hamda Kanada terma jamoalari yo'l oldi. 

Mahalliy vaqt bilan bugun, Toshkent vaqti bilan esa 03:30da B guruhi autsayderlari Burmud orollari Nikaraguaga qarshi to'qnash kelsa, mezbon Kosta-Rika 05:30da Gaiti bilan guruh peshqadamligi uchun o'ynaydi. 

Eslatib o'tamiz, guruh bosqich o'yinlari 26 iyun o'z yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia