Klublar o'rtasidagi JCH. Atletiko Mineyro 3-o'rin sohibi

Narzulla Saydullayev
21 dek 2013, 23:28
Marokashdagi klublar o'rtasidagi mundialda 3-o'rin uchun o'yin bo'lib o'tdi.
Braziliyaning Atletiko Mineyro klubi OCHL g'olibi Xitoyning Guanchjou klubi ustidan qiyinchilik bilan g'alabaga erisha oldi - 3:2. Braziliya klubi safida mashxur Ronaldinyo 45-daqiqada ajoyib gol ura oldi va 87-daqiqada maydondan chetlatildi.

Toshkent vaqti bilan soat 00:30da musobaqaning final o'yini bo'lib o'tadi. Unda "Bavariya" va "Raja Kasablanka" klublari to'qnash kelishadi.


3-o'rin uchun bahs
Guanchjou Xitoy – Atletiko Mineyro Braziliya  2:3
21 dekabr, Stade de Marrakech
Gollar:
0:1 – 2 Tardelli,  1:1 – 9 Muriki,  2:1 – 15, penalti Konka,  2:2 – 45 Ronaldinyo,  2:3 – 90 Luan.
Guanchjou – Li, Syan (Ron, 64), Kim Yun Gvon, Fen, Chjen (S. Chjao, 85), Konka, Elkeson (Fen, 77), Xuan, Chjan, Gao, Muriki.
Atletiko Mineyro – Viktor, Leonardo Silva, Rosha, Rever, Ronaldinyo, Lukas Kandido (Junior Sezar, 34), Per, Josue (Donizete, 79), Fernandino, Tardelli, Jo (Luan, 60).
Ogohlantirishlar: Lukas Kandido (14), Syan (33), Rever (90).
Chetlatish: Ronaldinyo (87).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru