
"Biz "Lacio" bilan muntazam aloqadamiz. Shartnoma xali imzolangani yo'q. Shuningdek, boshqa jamoalar bilan xam muzokaralar olib borilmoqda. Lekin, eng asosiy maqsadimiz "Lacio", – deydi Shyutt.
Eslatib o'tamiz, Kloze rimliklar safida 2011-yildan beri harakat qilib kelmoqda. Ungacha esa 4 mavsum "Bavariya" safida to'p surgan edi.