Klopp: “van Deykning haqiqiy mahoratini keying mavsumda ko'rasiz”

3 fev 2018, 00:39
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppning aytishicha, jamoaning yangi xaridi Virjil van Deykdan bu mavsumda ko'p narsani talab qilish noto'g'ri.

Gollandiyalik futbolchi yanvar oyi boshida “Sautgempton”dan “Liverpul”ga 75 million funt-sterlingga ko'chib o'tgandi.

“Men van Deykdan mamnunman. Uning o'yinida hozir ko'tarilish va pasayish bo'lib turadi. O'ylashimcha, uning haqiqiy kuchini yozdan keyin ko'ramiz. U bizning o'yin uslubimizga ko'nikishi, biz unga imkon berishimiz lozim”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sports Mole.

O'xshash yangiliklar


Manba: SportsMole