Klopp Salahning "Manchester Siti" bilan o'yinga tayyor bo'lishiga ishonchi komil emas

Tolibjon Qosimov
9 apr 2018, 19:59
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp YCHL 1/4 final javob o'yini doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bahsga tayyorgarligiga hozircha to'liq ishonmayotganini ma'lum qildi.

"Ayni payt menda jarohatlargan futbolchilarga taalluqli yangi ma'lumotlar yo'q, kutishimiz kerak. Bunday zich taqvimda har daqiqaning qadri baland. Ko'ramiz, 5 soatdan keyin nima bo'larkin, kim mashg'ulotlarda ishtirok eta oladi.

Juda ham umid qilamanki, Salah, Robertson va Alberto (Moreno) safga qaytishga ulgurishadi. Lekin, ularga hali vaqt kerak. Kecha Ben Vudbern katta tanaffusdan keyin qaytdi, bu biz uchun yaxshi xabar", - deya Kloppning so'zlarini keltirdi klub rasmiy sayti.


Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti" va "Liverpul" o'rtasidagi javob o'yini seshanba kuni bo'lib o'tadi. "Enfild"da o'tgan birinchi bellashuv "Liverpul"ning yirik g'alaba (3:0)si bilan tugagan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: liverpoolfc.com