Klopp: “Rangnik jamoaviy o'yin shakllantirmoqchi bo'ldi, ammo ...”

Eldor Akmurzayev
19 apr 2022, 09:45
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp MYUga qarshi bugungi bahs oldidan hamkasbi Ralf Rangnik “qizil iblislar” o'yiniga qanday ta’sir o'tkazgani haqidagi savolga javob berdi.

“To'g'risini aytsam, bir narsa deyish qiyin. Ralf jamoaviy o'yin shakllantirmoqchi bo'lgani va maydonda aniq sxema yaratishga harakat qilgani ko'rinib turibdi. Ammo ular APLda kuchli to'rtlik uchun kurashda bir qancha muhim ochkolarni boy berishdi”, deydi nemis mutaxassisi.

Eslatib o'tamiz, Rangnik 2021 yil noyabridan beri “qizil iblislar”ni boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport