

APLda ikkala klubning ochkolari va to'plar nisbati bir xil bo'lib qolganida qo'shimcha uchrashuv o'tkazish kerak bo'ladi.
"Buning iloji bormi? To'g'risini aytsam, bu haqda o'ylab ko'rmagan ekanman. "Manchester Siti" bilan "Oltin o'yin"da harakat qilish ajoyib bo'lardi. Shunday bo'lsa ham, buning iloji bor deb o'ylamayman", - deya Kloppning so'zlarini keltiradi Mirror nashri.
Keyingi turda "Siti" "Lester" bilan 6 may kuni o'ynaydi, "Liverpul"ni ertaga "Nyukasl" maydonidagi bahs kutib turibdi.



