

"Tanlov imkoniyati bo'lsa, APLni ustunroq ko'rgan bo'lardim. Chunki ligadagi g'alaba jamoaning barqarorligidan va mavsum davomidagi mehnatlaridan dalolat.
YCHLda esa o'yinlar kam va alohida vaziyatlarda ustunlik qilsa bo'lgani. Boshqa bir jihatdan olib qaralsa, YCHL lotereyadek gap.
Faoliyatimdagi sovrinlar ham anchagina. Ammo shunday afsonaviy futbolchilar borki, ular YCHL sovrinini qo'lga kiritishmagan. Faoliyatini yakunlaganidan keyin esa bundan qattiq afsuslanishgandi.
Ammo hayot doim ham siz o'ylaganchalik muvaffaqiyatli kechmaydi. Bazida pasayishlardan ham dars olish kerak", - dedi yarim himoyachi.



