Kazemiro "Sevilya"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
10 apr 2022, 01:01
Ayni daqiqalarda "Real Madrid" o'z maydonida "Xetafe"ni qabul qilmoqda.

Tanaffusga jamoalar 1:0 hisobida yo'l olishdi, oldinda "qirollik klubi". Hozircha yagona bo'lib turgan golni braziliyalik yarim himoyachi Karlos Kazemiro urdi. 

E'tiborlisi, 38-daqiqada hisobiga gol yozdirib qo'ygan Kazemiro 44-daqiqada etirozlari uchun hakam tomonidan ogohlantirildi va "Sevilya"ga qarshi bo'ladigan 32-tur o'yinini o'tazib yuboradi. 

Eslatib o'tamiz, La Liga onlayn jadvalida aynan "Sevilya" 60 ochko bilan birinchi o'rindagi "Real"ning eng yaqin taqibchisi hisoblanadi.   

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia