Kasilyas terma jamoalarda o'yin o'tkazish bo'yicha 7-o'ringa chiqib oldi

Narzulla Saydullayev
14 noya 2015, 10:00
Portu posboni Iker Kasilyas Ispaniya va Angliya o'rtasidagi o'yinda (2:0) maydonga tushdi.

Bu 34 yoshli futbolchi uchun milliy terma jamoa safidagi 165-o'yin bo'ldi.

Shunday qilib, Kasilyas AQSH sobiq futbolchisi Kobi Jonsni ortda qoldirdi va terma jamoalardagi o'yin soni bo'yicha jahonda 7-o'ringa chiqib qoldi.

O'z milliy terma jamoalarida Kasilyasdan ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar: Ahmad Hassan (Misr– 184), Muhammad Al-Deayya (Saudiya Arabistoni – 178), Klaudio Suares (Meksika – 177), Hussam Hassan (Misr– 169), Ivan Urtado (Ekvador – 167) va Vitaliy Astafev (Latviya – 167).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/InfostradaLive