Karim Benzema: "Gruziyaga qarshi yomon o'ynadim"

Tolibjon Qosimov
7 sen 2013, 12:18
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema JCH-2014 saralashidan o'rin olgan Gruziyaga qarshi kechgan o'yindan (0:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Uning aytishicha jamoa hujumda juda yomon o'ynagan.

– Men kabi butun Fransiya terma jamoasi yomon o'ynadi, bugungi natijadan hafsalam pir bo'ldi, – deydi Benzema L’Equipe nashriga. – Ispaniyani oldiga o'tkazib yubormaslik uchun bizga uch ochko muhim edi, ammo atiga bir ochko oldik. Yomon o'ynamadik, ammo hujumda keskinlik yetishmadi. Meni almashtirishdi, demak men yomon o'ynadim.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru