

Bugungi kunda terma jamoa futbolchilari maydonda ancha erkin va bir-birlarini juda yaxshi tushunib o'yin namoyish etishmoqda. Oldinda turgan KXDRga qarshi o'yin ham naqadar muhimligini barcha yaxshi tushunib turibdi. Bu raqib guruhdagi eng asosiy raqib bo'lib, bahs natijasi guruhdagi holatni belgilab beradi. Yaman bilan o'yinda esa jamoamiz g'alaba qozonishiga shubha qilmayman. Guruhdagi jamoalar saviyasi bo'yicha ham terma jamoamiz yaqqol yetakchiligi ko'rinib turibdi - deydi Murzoev.



