

Dastlab "Buxoro" so'nggi daqiqalarda gol urib, "So'g'diyona"ni (3:2) yutgan bo'lsa, "Paxtakor" penaltilar seriyasida (4:2) "Dinamo"ni engdi. Bu o'yinlar yuzasidan ekspert Kamoliddin Murzoev fikrlarini bildirdi.
"Teng kurashlar ostidagi 2 ta yarim finalga guvoh bo'ldik. Jamoalar yarim finalgacha shunchaki yetib kelmaganini isbotlay olishdi. "Buxoro"da ham shiddatli va tomoshabop o'yin kechdi. Toshkentda "Dinamo" "Paxtakor"ga munosib qarshilik ko'rsata oldi deb o'ylayman. Final o'ziga xos, oldindan hech bir jamoani favorit sifatida ko'rsatib bo'lmaydigan, muxlislarga yoqadigan bo'lishi kutilmoqda", – deydi Kamoliddin Murzoev.



