

Jamshid Iskanderov to'p tepayotgan "Seongnam Ilva Chunma" klubi safarda "Kangvon" mehmoni bo'ladi. "Seongnam" ikkita turda bitta g'alaba va bitta durang qayd etib 4 ochko bilan musobaqqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 12:30da boshlanadi.

Yana bir hamyurtimiz Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Kvandju" klubi esa "Kvandju Sangmu" mehmoni bo'ladi. "Kvandju" dastlabki ikkita turda ikkita mag'lubiyatga uchrab, hozircha musobaqa jadvalining so'nggi 12-pog'onasida joylashgan. Bu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.

Bugun shuningdek "Suvon Samsung" - "Inchon Yunayted" o'yini ham bo'lib o'tadi.
Ayni paytda musobaqa jadvali quyidagi ko'rinishda:




