K Liga. Bugun Iskanderov va Ashurmatov jamoalari o'ynashadi

Narzulla Saydullayev
23 may 2020, 11:30
Janubiy Koreya K Ligasida 3-tur o'yinlari davom ettiriladi.

Jamshid Iskanderov to'p tepayotgan "Seongnam Ilva Chunma" klubi safarda "Kangvon" mehmoni bo'ladi. "Seongnam" ikkita turda bitta g'alaba va bitta durang qayd etib 4 ochko bilan musobaqqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 12:30da boshlanadi.


Yana bir hamyurtimiz Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Kvandju" klubi esa "Kvandju Sangmu" mehmoni bo'ladi. "Kvandju" dastlabki ikkita turda ikkita mag'lubiyatga uchrab, hozircha musobaqa jadvalining so'nggi 12-pog'onasida joylashgan. Bu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.


Bugun shuningdek "Suvon Samsung" - "Inchon Yunayted" o'yini ham bo'lib o'tadi.




Ayni paytda musobaqa jadvali quyidagi ko'rinishda


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia