Joze Mourinyo: “Yozda yangi futbolchi xarid qilamiz”

Aslanov Jasurbek
18 fev 2018, 09:44
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo klub Maykl Karrikka munosib voris izlashga kirishdi.

Portugaliyalik mutaxassis “Qizil iblislar”ning yozgi transfer bozoridagi siyosatiga to'xtalib o'tdi. 

“Biz markaziy yarim himoyachi izlashni boshlab yubordik. Yozda jamoani Maykl Karrik tark etadi. Uning o'rnini munosib izdosh bilan to'ldirishimiz shart. Boshqa chiziqlarga o'yinchi olmaymiz”, - dedi Mourinyo Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq, mankunianliklarning “Shaxtyor” yarim himoyachisi Fred hamda “Nicca” klubi xavbeki Jan-Mishel Seriga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar tarqagandi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif