Joze Mourinyo: “Duranglarimiz juda ham ko'payib ketdi”

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2017, 05:10
“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourinyo “Stok Siti”ga (1:1) qarshi kechgan bahsni tahlil qildi.

“Bu har ikkala jamoa uchun ham principial o'yin edi. Shu sabab tomonlar ilk daqiqalardanoq g'alaba uchun harakat qilishdi. Ammo 25 daqiqadan keyin bir jamoa faqat g'olib chiqish uchun, ikkinchisi himoyalanish uchun harakat qildi. Mezbonlar bu vazifani a'lo darajada uddalashdi.

Raqib favqulodda mahorat ko'rsatib bor kuchi bilan bizni to'xtatib qolishga urindi. Bizda ham ko'pchilik hujumlarimiz a'lo darajada tashkil etildi. Ammo uni yakuni kutilgandek chiqmadi.

Biz  hujumkor o'yin ko'rsatyapmiz. Ammo duranglarimiz ko'payib ketdi. Raqib darvozabonlari bizga qarshi betakror o'yin o'tkazishmoqda.

Runining rekordi? Rekord bu rekord. Bu Angliyaning eng katta klubi va dunyoning eng buyuk jamoalaridan birining rekordi.  Runiga qadar rekord Angliya futbolining afsonalaridan biriga tegishli edi. Endi esa Ueyn “Manchester Yunayted”ning afsonasiga aylandi”, deydi portugaliyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС