Jeko Yevropaning eng kuchli to'purarlari qatoridan joy oldi

18 okt 2018, 07:45
Edin Jeko Top-10 ga kirdi.

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi hujumchisi Yevropaning eng ko'p gol urgan Top-10 ro'yxatidan o'rin oldi.

“Roma” futbolchisi Millatlar Ligasida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'yinda dublga erishdi. Shu tariqa uning terma jamoasida urgan golllari soni 55 taga etdi. U bunday natijaga 97 ta uchrashuvda erishdi. Hozirda Jeko 10-o'rinni Robert Levandovski (Polsha) va Yan Koller (Chexiya) bilan bo'lishib turibdi.

8-o'rindagi Imre Shlosser (Vengriya) va David Vilya (Ispaniya) 59 tadan gol urishgan.

Ro'yxatni 85 ta gol bilan Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu boshqarib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia