⚡️ Jaloliddinov – Osiyoning 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilaridan tuzilgan yil ramziy jamoasida

Eldor Akmurzayev
29 yanv 2023, 16:51
Xalqaro futbol tarixida va statistikasi federatsiyasi 2022 yil yakunlariga ko'ra, Osiyoning 20 yoshgacha futbolchilaridan iborat ramziy jamoani taqdim etdi.

Undan O'zbekiston OTJ sardori va hozirda “Olimpik”da bo'lgan Jasurbek Jaloliddinov ham o'rin oldi. Top-11 quyidagi ko'rinishda:

Darvozabon – Masato Sasaki (Yaponiya, “Kashiva Reysol”)

Himoyachilar – Joshu Roulins (Avstraliya, “Utrext”), Jassim Gabir (Qatar, “Al Arabi”), Anrie Cheyz (Yaponiya, “Shtutgart”), Jordan Alan Kortni-Perkins (Avstraliya, “Rakuv”/“Brisben Roar”);

Yarim himoyachilar – Kemeron Pol Jak Pepion (Avstraliya, “Brayton”), Aleksandr Aoraxa (Iroq, KPR), Jasurbek Jaloliddinov (O'zbekiston, "Lokomotiv"/“Olimpik”);

Hujumchilar – Om Chji Son (J.Koreya, “Kvanju”), Abdulla Radif (S.Arabistoni, “Al Taavon”/”Al Hilol”), G'arib Suxayl (BAA, “Shabab Al Ahli”).

Ma'lumot o'rnida, IFFHS talqini bo'yicha 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat o'tgan safargi ramziy termadan Abduvohid Ne'matov hamda Ibrohimhalil Yo'ldoshev o'rin olgandi.

IFFHS. O'zbekistonning uch klubi 2022 yilgi reytingdan o'rin oldi. “Barsa” 20-o'rinda, Ronalduning jamoasi esa top-500'da ham yo'q

O'zbekistonlik 2 futbolchi XXI asrda milliy chempionatlarda eng ko'p gol urgan to'purarlar ro'yxatidan joy oldi. Peshqadam – Ronaldu, Messi esa ikkinchi 

Braziliya A Seriyasi – 2022 yildagi eng yaxshi chempionat. APL ikkinchi, O'zbekiston Superligasi esa RPLdan yuqorida va Osiyoda kuchli to'rtlikda

Bobir Abdixoliqov – 2022 yil eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchilar o'nligida. U Son va Al Mabhutdan yuqorida qayd etildi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS