

Biroz avval "Napoli" klubi o'z maydonida "Peruja"ni mag'lub etdi. Uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etildi. Har ikki golga Italiya terma jamoasi futbolchisi Lorenco Insine mualliflik qildi. E'tiborli jihati shundaki, ikkala gol ham penaltidan urildi. Shu tariqa Neapol klubi chorak finalga yo'l oldi.
Napoli – Peruja 2:0
14 yanvar, 19.00, "San-Paolo"
Gollar:
1:0 – 26, penalti Insine, 2:0 – 38, penalti Insine.
Napoli – Ospina, Di Lorenco, Xyusay, Manolas, Mariu Ruy, Zelinski (Allan, 84), Fabian Ruis (Demme, 65), Insine, Elmaz, Losano (Kalexon, 75), Lorente.
Peruja – Fulinyati, Sgarbi, Domber, Rozi, Nzita, Karraro (Konate, 71), Falasko, Falcerano, Yemmello (Melkorri, 62), Falchinelli, Buonayuto (Dragomir, 55).
Ogohlantirishlar:
Falcerano (31), Yemmello (37), Domber (56), Fabian Ruis (62).




