Isko La Liganing boshqa bir klubiga o'tishi mumkin

Alisher
21 dek 2021, 16:28
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko "Valensiya"ga o'tishi mumkin.

"Ko'rshapalaklar" 29 yoshli futbolchiga 2,5 yillik shartnoma taklif qilishga tayyorlar. "Valensiya" yarim himoyachiga yiliga 3 million evro to'lashga tayyor. Bu uning "qirollik klubi"da oladigan maoshidan ikki baravar kamroq.

Oldinroq, Iskoga Londonning "Arsenal" va Istanbulning "Fenerbaxche" klublaridan qiziqish borligi aytilgan edi.

Xavbekning "Real" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes