

30 yoshli ispaniyalik futbolchi Germaniyaning "Union" jamoasidan taklif oldi, bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Futbolchi ayni damda erkin agent maqomida. Ispan "Sevilya"ga avgustda o'tgan bo'lsa-da, 21 dekabrda klub bilan bitimni bekor qildi.
Isko "Sevilya" safida barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.



