Inzagi bilan urushib qolgan "Lacio" futbolchisi Qatar klubiga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
1 yanv 2020, 00:55
"Lacio" hamda hujumchi Felipe Kaysedo o'rtasida munozaralar yuzaga keldi.

32 yoshli ekvadorlik futbolchi A Seriyaning 14-turi doirasida "Milan"ga qarshi o'yinda ishtirok etmagandi. Klubdagilar esa bu borada tushuntirish bermagandi. Qayd etilishicha, futbolchi bosh murabbiy Simone Inzagi bilan urushib qolgan. Rim klubi forvard bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirmoqda.

Unga "Fiorentina" hamda Qatar klubidan taklif bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal