"Inter" "Jenoa"dan Kaysedoni ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
29 yanv 2022, 19:31
Milan klubi rasmiy sayti hujumchi Felipe Kaysedo transferini e'lon qildi.

Futbolchi "neradzurrilar" safida ijara asosida to'p tepadi. Kelishuv  mavsum so'ngiga qadar amal qiladi.

33 yoshli ekvadorlik futbolchining "Jenoa" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uni 2,5 million evroga baholagan. 

Kaysedo ushbu mavsumda 10 o'yinda 1 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: inter.it