“Lacio” hujumchisi 20 kunga safdan chiqdi

Aslanov Jasurbek
29 dek 2017, 00:53
Italiyaning “Lacio” klubi hujumchisi Felipe Kaysedo jarohati sabab safdan chiqdi.

Ekvadorlik futbolchi Italiya Kubogining chorak finalidan o'rin olgan “Fiorentina” (1:0) klubiga qarshi kechgan o'yinda jarohat orttirib oldi. Buning natijasida u 26-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

Rim klubi rasmiy saytining xabar berishicha, Kaysedo tibbiy ko'rikdan o'tdi va endi kamida 20 kun davomida jamoasiga yordam bera olmaydi. Hujumchi joriy mavsum A Seriyada 18ta o'yinda 4ta gol kiritdi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif