"Inter" Kolarov uchun 2 mln evro to'laydi

28 avg 2020, 23:16
"Roma" himoyachisi Aleksandar Kolarov "Inter"ga ko'chib o'tish arafasida turibdi.

Serbiyalik himoyachining transfer qiymati 2 mln evroni tashkil qiladi, deb yozdi jurnalist Fabricio Romano. Muzokaralar yaqin soatlar ichida yakunlanib, rasman e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, Kolarov "Romu" tarkibiga 2017 yilda "Manchester Siti"dan 5 million evro evaziga kelib qo'shilgandi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia