Incheon-2014. Ixtiyor Navro'zov bronza medali sohibi!

Narzulla Saydullayev
28 sen 2014, 15:20
Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o'yinlarining erkin kurash bahslarida bugun navbatdagi g'olib va sovrindorlar nomi ma'lum bo'ldi.
65 kg. vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Ixtiyor Navro'zov biroz oldin delegaciyamiz hisobiga bronza medalini qo'shib qo'ydi.

Ixtiyor dastlabki bosqichda qatarlik Abdulrahmon Ibrohimni 4:0 hisobida mag'lub etdi. Chorak finalda esa tojikistonlik Zalimxon Yusupovga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yusupov finalga yo'l olgani uchun Ixtiyor o'tish turnirida ishtirok etdi. Bu bosqichda u qirg'izistonlik Ulukman Mamatovdan ustun keldi.

Bronza medali uchun bahsda Navro'zov Tomocugu Ishida bilan bahslashdi va raqibni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

O'zbekiston terma jamoasi hisobida endi 1 ta oltin, 4 ta kumush va 9 ta bronza medali bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com