Ilhom Yunusov: “Yutmasak bo'lmasdi”

Aziz Tukhtamuradov
18 iyun 2016, 13:25
Navoiyda bo'lib o'tgan “Qizilqum” va “Navbahor” o'rtasidagi uchrashuvdan keyin faolligi bilan maydonda ajralib turgan mezbonlar yetakchisi Ilhom Yunusov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
- Bugungi uchrashuvda g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. Shu sababli maydonga faqat yutuqni ko'zlab tushgandik. Oldimizga ham rahbariyat tomonidan faqat g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgandi. Vazifani bajarish uchun bor kuchimizni ishga solgan holda to'p surishimizga to'g'ri keldi. Shukrki, o'yin oxirlarida kerakli golni urib, vazifani bajardik, - deydi Yunusov.

"Navbahor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia