Iguain Bosniya bilan o'ynamasligi mumkin
Tolibjon Qosimov
15 iyun 2014, 14:50
Argentina OAV ma'lumotlariga ko'ra, Argentina terma jamoasi hujumchisi Gonsalo Iguain jamoasining jahon chempionatidagi birinchi uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.
Jarohatdan tuzalayotgan futbolchi borasida hozircha qaror qabul qilinmagan. “Napoli” futbolchisi maydonga chiqishi ehtimoli kam.