Igor Sergeev "Tobol" safida Evrokubok o'yinida maydonga tushdi

Aziz Tukhtamuradov
23 iyul 2021, 09:45
Kostanayning "Tobol" jamoasi Konferenciya ligasi ikkinchi bosqichi doirasida Xorvatiyaning "Xayduk" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

O'yin Xorvatiyaning Split shahrida o'tkazildi va mezbonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. 

Uchrashuvda o'zbekistonlik futbolchi Igor Sergeev zaxiradan maydonga tushirildi. Hamyurtimiz o'yinning 57-daqiqasida Nemanya Nikolichning o'rniga uchrashuvni davom ettirdi. 

Javob o'yini 29 iyul kuni Kostanayda o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia